Rang sayt: A A A A
27.04.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”da korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda olib borish vazifasi belgilangan.

IMG_2048.JPG

Mazkur Dastur ijrosi doirasida 2018 yilning 26 aprel kuni ATB “Qishloq qurilish bank” markaziy idorasida “Korrupsiya – milliy-ma’naviy xavfsizlikka tahdid” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Tadbirda huquqshunoslar, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

photo5411082718042761371.jpg

Tadbirda so‘zgan chiqqan Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari o‘qituvchisi Muzaffar Do‘stqorayev mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish borasida yaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati va ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtaldilar.   Ta’kidlandiki, korrupsiya jamiyatda nosog‘lom muhitni, salbiy illatlarni yuzaga keltiradi, ijtimoiy adolatga rahna solib, fuqarolarda davlat organlariga ishonchsizlik kayfiyati kuchayishiga olib keladi.

photo5411082718042761389.jpg

Korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, iqtisodiyot qon tomiri bo‘lgan bank-moliya sohasida yanada muhimdir. Halollik, mehnatsevarlik, xalq bilan muloqot har bir bank xodimi kundalik faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim.

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 18.09.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8040,00 8120,00 8039.00
1 EUR 9 100,00 9 500,00 9 347.75
1 GBP 10 300.00 10 600,00 10 503.76
1 JPY 60,00 80,00 70.75
1 CHF 8 200,00 8 400,00 8 310.76
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari