Rang sayt: A A A A
10.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdiqlangan Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyoxlar sonini yanada oshirish hamda Xiva shahrining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash va xodimlarning ma’naviy-madaniy hordiq chiqarishlarini rag‘batlantirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” mintaqaviy hamda tuman filiallarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarning Xiva shahriga sayohati uyushtirildi.

IMG_3944.JPG

Sayohat davomida bank xodimlari “ochiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan ko‘hna shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Xorijlik turistlarning hayratiga sazovor bo‘lib kelayotgan tarixiy yodgorliklar va Xiva tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar katta taassurot qoldirdi.

IMG_3908.JPG

Bunday sayohatlar bank xodimlarining ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida jamoaviy birdamlikni oshirish va ishchan muhitni shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan xodimlarni O‘zbekistonning ichki turizm salohiyati bilan tanishtirishga qaratilgan sayohatlarni tizimli ravishda uyushtirib borish bo‘yicha rejalar belgilab olingan.

 

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 11.12.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8300.00 8360.00 8312.64
1 EUR 9000.00 9600.00 9456.46
1 GBP 10200.00 10700.00 10578.67
1 JPY 60.00 80.00 73.75
1 CHF 8200.00 8600.00 8394.06
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari