Rang sayt: A A A A
07.03.2018

ATB “Qishloq qurilish bank”da 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va mavqei kuchayib, ularga g‘amxo‘rlik va ehtirom ko‘rsatish milliy ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylanganligi ta’kidlandi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov so‘zga chiqib, har bir millatning ma’naviy darajasini uning ayolga va onaga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, ehtiromi misolida ko‘rish mumkinligi bildirdi. Ayol millatning kuch-qudrati, iftixori, yaratuvchi bo‘lishi bilan birga oilada mehribon ona, suyukli yor, uy bekasi, jamiyatda esa biror-bir kasbning mahoratli mutaxassisi, qo‘yingki, hayotimizning charog‘bonidir.

Без имени-2.jpg

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida ham yuzlab opa-singillarimiz sidqidildan mehnat qilib, bank mijozlari sonining muttasil oshib borishiga hissa qo‘shishmoqda. Bank erishayotgan yuqori natijalarda ham, shubhasiz, xotin-qizlarning munosib ishtiroki va xizmatlari bor.

Без имени-3.jpg

Tadbir yakunida bank Boshqaruvi rahbarlari tomonidan bayram munosabati bilan xotin-qizlar qutlandi va ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 19.06.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7840,00 7910,00 7883,99
1 EUR 8950,00 9250,00 9150,95
1 GBP 10200,00 10600,00 10472,30
1 CHF 7800,00 8000,00 7904,54
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari