Rang sayt: A A A A
26.01.2018

ATB “Qishloqqurilishbank”da davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, bank markaziy idorasi xodimlari ishtirok etdi. 

222.jpg

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash, mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, Vatanimizning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashida buyuk davlat arbobi Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekanligini ta’kidlashdi. Qayd etildiki, bugun O‘zbekiston erishayotgan ko‘plab yutuqlarga aynan Birinchi Prezidentimiz tomonidan mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki yillarda amalga oshirilgan islohotlar orqali poydevor qo‘yilgan edi.

- Islom Karimov milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi, ma’naviyatimizni tikladi, - dedi atoqli adib Tohir Malik. – U kishi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Islom Karimov o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevgan va o‘zining so‘nggi kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishlagan buyuk arbobdir.

Tadbir davomida ta’kidlandiki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xalqimiz o‘zining fidoyi farzandlarini hech qachon unutmasligini, xalq uchun xizmat qilgan insonlar xotirasi abadiy ekanligini yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.

Bank axborot xizmati










Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 15.08.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7780,00 7860,00 7790.20
1 EUR 8800,00 9100,00 8888.62
1 GBP 9900.00 10300,00 9945.75
1 JPY 60,00 80,00 70.23
1 CHF 7800,00 8000,00 7827.77
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari