Rang sayt: A A A A
08.02.2018

Ma’limki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 noyabrdagi “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan edi. Farmonda mazkur vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilangan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilg‘or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi hamda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

2018 yil 8 fevral kuni ATB “Qishloqqurilishbank”da O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari G‘.Abduraxmanov, departament va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Tadbirda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da bank va vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Xususan, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish hisobiga mijozlar uchun zamonaviy masofaviy xizmatlar ko‘rsatish bank tizimi innovatsion rivojlanishining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan joriy qilinayotgan yangi zamonaviy xizmatlar taqdimot qilindi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 19.06.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7840,00 7910,00 7883,99
1 EUR 8950,00 9250,00 9150,95
1 GBP 10200,00 10600,00 10472,30
1 CHF 7800,00 8000,00 7904,54
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari