Rang sayt: A A A A
22.01.2018

ATB “Qishloqqurilishbank” markaziy idorasida o‘tkazilgan “Kitob - millatning ma’naviy ko‘zgusi” mavzuidagi tadbirda shaxsning dunyoqarashi, salohiyati, madaniyati aynan kitob o‘qish jarayonida shakllanib borishi, insoniyat yaratgan kashfiyotlar orasida eng hayratlanarlisi kitob ekanligi ta’kidlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, dilbar shoira Umida Abduazimova, bank markaziy idorasi xodimlari ishtirok etdi.

- Farzandlarimiz ma’naviyatli, ertangi kunning munosib yaratuvchilari bo‘lishlari, ilm olishlari uchun kitob bilan do‘stlashishlari kerak, - dedi U.Abduazimova. - Farzandlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatlari oiladan boshlansa, ta’lim dargohlarida bu ishtiyoq yanada mustahkamlanadi. Inson kamoloti, ma’naviy go‘zalligi, tafakkuri, ongi va qalbining shakllanishi ham bevosita kitob mutolaasi bilan bog‘liqdir.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, bunday tadbirlarni ATB “Qishloqqurilishbank” tizimida doimiy o‘tkazib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 11.12.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8300.00 8360.00 8312.64
1 EUR 9000.00 9600.00 9456.46
1 GBP 10200.00 10700.00 10578.67
1 JPY 60.00 80.00 73.75
1 CHF 8200.00 8600.00 8394.06
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari