Rang sayt: A A A A
15.01.2018

ATB «Qishloqqurilishbank»da “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Vatanimiz sarhadlarini himoyalashda O‘zbekiston Qurolli kuchlarining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ATB “Qishloqqurilishbank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari G‘.G‘.Abduraxmonov va boshqalar Vatan himoyachilarini kunining keng nishonlanishi yoshlarni yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, fuqarolarda o‘z Milliy armiyasidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Без имени-2.jpg

Xonanda O‘ktam Kamolov hamda “Qahqaha” ijodiy teatri aktyorlari tomonidan qilingan badiiy chiqishlar tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ATB “Qishloqqurilishbank” markaziy idorasining faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlari “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 50%
  • Yaxshi 22%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 24.05.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7940,00 8000,00 7997,95
1 EUR 9200,00 9500,00 9396,79
1 GBP 10450,00 10850,00 10743,65
1 JPY 65,00 85,00 71,91
1 CHF 7900,00 8100,00 8005,15
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari