Rang sayt: A A A A
13.11.2017


ATB “Qishloq qurilish bank”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi” Qonuni targ‘ibortiga bag‘ishlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat xavfsizligi garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” markaziy idora, mintaqaviy va tuman filiallari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib respublikamizda korrupsiyaga  qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi.

Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida  inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Bugungi kunda korrupsiya - qonun ustivorligini ta’minlashga, demokratiya, inson huquqlari, hokimiyatga ishonch, davlat boshqaruvi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsiplariga, iqtisodiyotda sog‘lom raqobatga jiddiy xavf solmoqda va itisodiy o‘sishga to‘sqinlik qilmoqda, demokratik va fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojini to‘xtatishga harakat qilmoqda.

- Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligi talab etiladi – deydi bank O‘quv markazi boshlig‘i I.Mirzamurodov. - Bank xodimlari ham bevosita mijozlar bilan ishlaydi. Demakki bu joyda ham xar qanday holat yuz berishi mumkin. Bu esa xodimlar tomonidan kasb odob axloq kodekslariga yanada qat’iy amal qilishlari talab etiladi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlari doktori, professor F. Muhiddinova hamda Bosh prokuratura xodimi X.Karimovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 19.06.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7840,00 7910,00 7883,99
1 EUR 8950,00 9250,00 9150,95
1 GBP 10200,00 10600,00 10472,30
1 CHF 7800,00 8000,00 7904,54
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari