Rang sayt: A A A A
30.10.2017


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi”ga muvofiq joriy yilning 30 oktabr kuni ATB “Qishloq qurilish bank” va “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi tomonidan “Loyiha asosida uy-joy qurilishi sifatini yaxshilash masalalari, kredit ajratish tizimini soddalashtirish, texnik va nazorat kuzatuvlari sifatini yanada takomillashtirish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. O‘zbekiston Milliy matbuot markazida tashkil etilgan tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatchilik vakillari taklif etildi.

photo5456654717645072411.jpg

Tadbirda qayd etildiki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishga, qishloq joylarda zamonaviy uy-joylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari barpo etilishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish dasturlari doirasida 2009-2016 yillar davomida respublikamizning 159 ta tumanlaridagi 1308 ta qishloq massivlarida umumiy maydoni 9 million 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69.557 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Buning natijasida qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilalarning yashash sharoiti yaxshilandi. Bugungi kunga qadar ushbu maqsadlar uchun respublika tijorat banklari tomonidan fuqarolarga 5,9 trln. so‘m, shundan, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 4,3 trln. so‘m miqdorida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari ajratildi.

photo5456654717645072421.jpg

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori qishloq qurilishi sohasida yangi bosqichni boshlab berganligi ta’kidlandi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2017 yilda umumiy qiymati 2121,5 mlrd. so‘mlik, shundan 478,9 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari va 1642,6 mlrd. so‘mi banklarning imtiyozli ipoteka kreditlari bo‘lgan 15000 ta uy-joylar qurilishi ko‘zda tutildi va ushbu uy-joylar qurilishini respublikamizning 6 ta tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishi belgilandi.

photo5456654717645072437.jpg

2017 yil dasturiga asosan namunaviy uy-joylar qurilishini moliyalashtirishning ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasidagi taqsimotiga muvofiq 2017 yilda ATB “Qishloq qurilish bank” ishtirokida 6985 ta uy-joylar moliyalashtirilmoqda.

Bugungi kunga qadar ushbu uy-joylar qurilishi uchun bank tomonidan aholi mablag‘lari hisobidan 235,8 mlrd. so‘mlik va bankning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobidan 446,1 mlrd. so‘mlik, jami 681,9 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturini Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan joriy yilning 6 iyulida “Qishloq joylarda uy-joylar qurilishini rivojlantirish” loyihasi 2-fazasini moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasida umumiy qiymati 500,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolandi. Qarorga muvofiq 2017 yilda OTBning 100,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga mazkur mablag‘larining 55,0 mln. AQSh dollari jalb qilindi.

photo5456654717645072442.jpg

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 martdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017 yilda Islom taraqqiyot bankining 100,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan Buxoro va Namangan viloyatida qurilayotgan 2242 ta uy-joylar, uy-joy massividagi avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi tarmog‘ining qurilishi moliyalashtirilmoqda. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga Buxoro va Namangan viloyatida uy-joylar, uy-joy massividagi avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi tarmog‘ining qurilishi uchun Islom taraqqiyoti bankining 60,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga amalga oshirgan tashriflari davomida aholining talab va istaklaridan kelib chiqib qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qo‘shimcha arzon uy-joylar qurish bo‘yicha berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan 2017 yil 4 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishiga muvofiq 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda umumiy qiymati 517,9 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha 4610 ta arzon uy-joylar qurilishi belgilandi hamda ushbu uy-joylar qurilishi tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilmoqda.

photo5456654717645072445.jpg

Bugungi kunda Farmoyish ijrosi yuzasidan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 2017 yilda qo‘shimcha qurilayotgan arzon uy-joylarni moliyalashtirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan ta’minlashga, qishloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga, qishloq aholisining hayot darajasini yaxshilash va fuqarolarning dunyoqarashini o‘zgartirishga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan matbuot anjumanida “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan   namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi” ijrosida ATB “Qishloq qurilish bank” va “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi ishtirokiga doir masalalar, xususan, qishloq qurilishini kreditlash, ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joylar qurilishida sifat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Xususan, Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning shaffofligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshirilishi bildirildi.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 50%
  • Yaxshi 22%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 16.01.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8070.00 8180.00 8146.38
1 EUR 9840.00 10000.00 9965.47
1 GBP 11100.00 11250.00 11199.64
1 JPY 65.00 75.00 73.65
1 CHF 8400.00 8500.00 8438.35
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari