Rang sayt: A A A A
20.10.2017


Joriy yilning 19 oktyabr kuni ATB “Qishloq Qurilish bank”da “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri) mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bankning markaziy idora xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonunning mazmun mohiyati hamda unga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

– Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, qonunda elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ATB “Qishloq qurilish bank” Ishonch nomerlari hamda Boshqaruvi raisining vertual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin – deydi bankning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi katta yuristkonsulti S.Saburov.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 19.06.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7840,00 7910,00 7883,99
1 EUR 8950,00 9250,00 9150,95
1 GBP 10200,00 10600,00 10472,30
1 CHF 7800,00 8000,00 7904,54
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari