Rang sayt: A A A A
06.12.2017


2017 yilning 5 dekabr kuni ATB “Qishloq qurilish bank” va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – huquq va manfaatlarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

IMG_0081.JPG

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi rahbarlari va xodimlari, huquqshunos olimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

IMG_0123.JPG

Qayd etildiki, Konstitutsiya mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining muhim qonuniy asosi, fuqarolar huquq va manfaatlarining ishonchli kafolatidir. Bosh qomusimizda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli jamiyat barpo etish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash g‘oyalari va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan barcha tamoyillari o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyamizda inson - eng oliy qadriyat, xalq - davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi muhrlangan. Mamlakatimizning Asosiy qonuni Vatanimiz erishayotgan va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan barcha yutuqlar uchun, xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmay, farovonlikda va erkin yashashi uchun huquqiy zamin yaratmoqda. O‘zbekiston bank-moliya tizimining shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari ham Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.

IMG_0138.JPG

Tadbirda so‘zga chiqqan ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari G‘.Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Xakimov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri N.Alimov, Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti T.Tursunov va boshqalar o‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz negizida milliy qonunchilik tizimi barpo etilganini, bu qonunchilik bazasi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishini hamda bank-moliya tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlayotganligini ta’kidladilar.

IMG_0143.JPG

Qizg‘in muhokamalar ruhida o‘tgan tadbirda Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, unda belgilangan   qoida va tamoyillarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi qayd etildi.

IMG_0157.JPG

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 19.06.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7840,00 7910,00 7883,99
1 EUR 8950,00 9250,00 9150,95
1 GBP 10200,00 10600,00 10472,30
1 CHF 7800,00 8000,00 7904,54
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari