Rang sayt: A A A A
16.06.2017


2017 yil 15 iyun kuni ATB “Qishloq qurilish bank”da “Korrupsiya va modernizatsiya: muammo va echim” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi eksperti, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova ma’ruza qildi.

DSC00712.JPG

Tadbirda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli va izchil islohotlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasining tuzilganligi bu boradagi sa’y-harakatlar yangi bosqichda davom etayotganidan guvohlik beradi.

DSC00707.JPG

Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davlat idoralariga nisbatan fuqarolar va tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlashga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga darhol chek qo‘yishga, bu borada vakolatli idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining, aholining hamkorligini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

              

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari