Rang sayt: A A A A
28.06.2017


27 iyun - O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni sifatida nishonlanib keladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi. Bayram tabrigida “Kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari haqida so‘z yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan olijanob va mas’uliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz”- deyilgan.

photo_2017-07-03_11-37-04.jpg

28 iyun kuni ATB “Qishloq qurilish bank”da “Ommaviy axborot vositalari – jamiyat ko‘zgusi” mavzuida ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda respublika ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, bank markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

photo_2017-07-03_11-37-20.jpg

Tadbirda ta’kidlanganidek, hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos.

photo_2017-07-03_11-37-23.jpg

E’tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi.

photo_2017-07-03_11-39-19.jpg

Tadbirda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotgani “to‘rtinchi hokimiyat” nomini olgan ommaviy axborot vositalari tarmog‘ining kengayishida hal qiluvchi rol o‘ynayotgani, o‘tgan davrda matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va rivojlantirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga to‘la javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratilgani ta’kidlandi.

photo_2017-07-03_11-39-59.jpg

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari G‘.Abduraxmanov so‘zga chiqib, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini bildirdi. Shuningdek, tadbirda bank Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida bank bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh jurnalistlar kasb bayrami munosabati bilan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari