Rang sayt: A A A A
06.07.2017


2017 yil 6 iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan “Bank kreditlari – biznes uchun imkoniyatlar” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Tadbir respublika tijorat banklari vakillari va tadbirkorlar uchun o‘ziga xos ochiq muloqot maydonini yaratib berdi.

photo_2017-07-06_14-57-01.jpg

Konferensiyada banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. Ta’kidlandiki, tadbirkorlar va bank o‘rtasidagi kreditlash munosabatlarining mustahkamlanishi mamlakatimizda biznesni rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish belgilangan.

photo_2017-07-06_14-57-14.jpg

Tadbirda so‘zga chiqqanlar biznes sub’ektlari va banklar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish asosida muloqot platformasini yaratish, bu jarayonda kreditlash sohasidagi mavjud muammoli muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Tadbirkorlar tomonidan biznes sohasini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar bildirildi.   Ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublika tijorat banklari vakillari tomonidan javoblar qaytarildi.

photo_2017-07-06_14-57-18.jpg

Konferensiya doirasida bank xizmatlarini aks ettiruvchi stendlar namoyishi ham tashkil etildi. Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” stendi tadbirkorlar tomonidan iliq qarshi olindi.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari