Rang sayt: A A A A
21.07.2017


ATB «Qishloq qurilish bank»da «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda akademik Ahmadali Asqarov ishtirok etib, uning muallifligidagi «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» asarida bayon etilgan o‘zbek xalqining kelib chiqishi, etnogenez tarixi, uning urug‘-qabila holatidan elat-xalq bo‘lib shakllanib borish jarayoni va shakllangan xalq sifatida millat darajasiga yetish bosqichlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbirda Ahmadali Asqarov o‘zbek xalqi hozirda yashab kelayotgan hudud bilan qadim zamonlardan bevosita bog‘liq tub erlik xalq ekanligi, uning etnik tarkibini, asosan, erli sug‘diy, xorazmiy, bohtariy, sak, prototurk va turkiylar tashkil etganini va uzoq asrlar davomida ularning bir-birlari bilan aralashib yashashi natijasida yangi millat – o‘zbeklarning paydo bo‘lishini to‘g‘risidagi ilmiy xolislik va obektiv tarixiy tizimlilik asosida batafsil ma’lumot berdi.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari