Rang sayt: A A A A
19.04.2017


ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, korrupsiya holatlarining oldini olishga bag‘ishlangan ma’naviy-huquqiy tadbir o‘tkazildi.

          Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun davlat idoralariga nisbatan fuqarolar va tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlashga, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga darhol chek qo‘yishga, vakolatli idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholining mazkur sohadagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

         Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi eksperti, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova ma’ruza qildi va ishtirokchilarga korrupsiyaning bugungi kundagi ko‘rinishlari, uni kimlar amalga oshirayotgani va unga qarshi kurashishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi natijalari haqida atroflicha tushunchalar berdi.

        Tadbir ishtirokchilari korrupsiya millatimiz rivoji yo‘lida to‘siq va unga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini qayd etdilar.

                                                                                                                 

Bank axborot xizmati



Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 50%
  • Yaxshi 22%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 16.01.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8070.00 8180.00 8146.38
1 EUR 9840.00 10000.00 9965.47
1 GBP 11100.00 11250.00 11199.64
1 JPY 65.00 75.00 73.65
1 CHF 8400.00 8500.00 8438.35
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari