Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A
28.04.2017


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Davlat dasturlari doirasida namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan uy-joylar qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura asosida tubdan o‘zgartirishga, qishloq aholisining turmush darajasi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

2009-2016 yillarda uy-joy, ijtimoiy va kommunal ob’ektlar, kommunikatsiyalarni barpo etish borasida aniq maqsadli ishlar bajarildi va qishloq joylarda 1308 ta turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21 oktyabrida imzolangan “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi va qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur Dastur ijrosi yuzasidan bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelinmoqda. Xususan, 2014 yildan buyon “Islom taraqqiyot banki” (ITB) bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilib kelinmoqda.

2015-2016 yillar mobaynida ITBning 100 million AQSH dollar qiymatidagi moliyaviy mablag‘lari ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Loyihasining 1-bosqichi doirasida respublikamizning Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi 22 ta qishloq aholi turar joylarida 1415 ta uy-joy, 33.80 km kirish va ichki yo‘llar, 40.62 km ichimlik suv tizimi qurib foydalanishga topshirildi. Loyihani amalga oshirishda 200 dan ortiq pudrat tashkilotlari va 38000 ga yaqin ishchi kuchi jalb qilindi. Bu o‘z navbatida 6000 dan ortiq qishloq aholisiga sharoiti shaharlardan qolishmaydigan uy-joylar va tegishli infratuzilma ob’ektlaridan foydalanish imkoniyatini berdi.

“Islom taraqqiyot banki” bilan hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Loyihasining 2-bosqichini amalga oshirishga kirishilmoqda. 2017 yil 28 aprel kuni Toshkent shahrida 300 million AQSH dollari qiymatidagi mablag‘larni jalb etish maqsadida Moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

“Islom taraqqiyot banki” moliyaviy mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasiga 15 yilga, 2 yillik imtiyozli muddat bilan ajratilmoqda. Ushbu Moliyaviy kelishuvlarga asosan 2017-2021 yillarda Respublikamizning 6 ta viloyatida yangilangan tipdagi loyihalar asosida 6400 dan ortiq uy-joy, 110.52 km kirish va ichki yo‘llar hamda 197.80 km ichimlik suv tizimi qurilishi belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida 30000 ga yaqin qishloq aholisiga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega uy-joylar va tegishli infratuzilma ob’ektlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Moliyaviy kelishuv imzolanishi marosimida ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining o‘rinbosari A. Muratov ishtirok etdi.

Bank axborot xizmati



Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 15.08.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4194.00 4237.00 4154.36
1 EUR 4896.00 4905.00 4895.49
1 GBP 5402.00 5407.00 5401.09
10 JPY 380.00 381.00 379.19
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari