Rang sayt: A A A A
06.05.2017


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” qator xorijiy kompaniyalar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2017 yil 6 may kuni Quvaytning “KIPCO” kompaniyalar guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi B.Mullaxanov mehmonlarga bankning respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy dasturlardagi ishtiroki, erishilayotgan asosiy ko‘rsatkichlar va bank tuzilmalari faoliyati haqida ma’lumot berdi.   

Uchrashuvda “KIPCO” kompaniyasi vitse-prezidenti Feysal Al-Ayyar, kompaniyaning bank yo‘nalishidagi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan ijrochi direktori Ma’sud Xayyot, investitsiyalar bo‘yicha ijrochi direktor Tarik Abdul Salam, “Qurain Petrochemical Industries” kompaniyasi vitse-prezidenti Sadun Ali va “KAMCO” investitsion kompaniyasi ijrochi direktori Feysal Sarxu ishtirok etishib, bankning bugungi kundagi faoliyati hamda istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Quvaytlik tadbirkorlar kelgusida ATB “Qishloq qurilish bank” bilan hamkorlik qilish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, savdoni rivojlantirish va kichik biznes sub’ektlari uchun kredit liniyalar jalb qilish bo‘yicha birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari