Rang sayt: A A A A
23.05.2017

2017   yil 23 may kuni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ijrosida Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank Boshqaruvi rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining o‘rinbosari G‘.Abduraxmanov ma’ruza qildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida davlatimizning barqaror taraqqiyoti, islohotlarning davomiyligi va izchilligini ta’minlashga qaratilgan yangi g‘oyalar, amaliy tashabbuslar, loyihalar, keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘rin olganligini ta’kidladi.

Qayd etildiki, Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish, barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash vazifalari ham o‘z aksini topgan. Bu vazifalar ijrosida bank-moliya muassasalarining faol ishtiroki talab etiladi.

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Kichik biznes sub’ektlari uchun bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,9 mlrd. so‘mga ortib, 2017 yilning 19 may holatiga 424,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublika hududlarini 2017 yilda kompleks rivojlantirish onlayn dasturiga asosan, joriy yilda ATB “Qishloq qurilish bank” filiallari tomonidan 262 ta loyihaga 45,9 mlrd. so‘m miqdorida bank kreditlari ajratildi va buning natijasida 1541 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bank tuzilmalari “aholini tadbirkor qilish” g‘oyasi asosida faol ish olib bormoqda. 2017 yilning 19 may holatiga bank xodimlari tomonidan 422 339 ta xonadonga borib aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Aholi xonadonlariga tashrif buyurish natijasida 36 288 ta fuqaro tomonidan bankdan kredit olish istagi bildirilgan. Bugungi kunga kelib, kredit olish istagini bildirgan fuqarolarning 30 288 tasiga 213,6 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish, ularning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun 11 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan xo‘jalik sub’ektlariga 97,8 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga, oilaviy tadbirkorlar hamda kasanachilikka 87,8 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.

Anjumanda Harakatlar strategiyasida belgilangan eng dolzarb vazifalardan biri aholining turmush darajasini oshirish va ularning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash ekanligi qayd qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil 21 oktyabrda imzolangan “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi”da 2017 yilda 15 mingta yangi uy va kvartira qurish nazarda tutilgan. Ushbu uy-joylarning 5 ming 625 tasini “Qishloq qurilish bank” moliyalashtirmoqda. Bank tomonidan uy-joylar qurilishini moliyalashtirish, xususan, uy-joy oluvchi fuqarolarga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish maqsadida birgina 2017 yilning 22 may holatiga jami 199,5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar sarflandi.

Harakatlar strategiyasida xalq bilan muloqot qilishga va fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida echim topishga alohida e’tibor qaratilgan. “Qishloq qurilish bank” tizimida ham xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash eng muhim vazifalardan biri deb belgilangan. Bank Boshqaruvi qarori bilan yangi tuzilma – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi. Bank filiallarida murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar biriktirildi. Shuningdek, bank Boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Murojaatlar qonun talablarida belgilangan tartibda va muddatlarda o‘rganilib, ularga javoblar berilmoqda. Fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy echimi topilishi ta’minlanmoqda.

Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida xududlarda “Qishloq qurilish bank” xizmatlari” taqdimot marosimlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida ham xalq bilan muloqot qilinadi, bank filiallari rahbarlarining joylarda sayyor qabullari o‘tkaziladi. Shuningdek, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar targ‘ib qilinadi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Ma’rupova va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklarining investitsiya portfelini monitoring qilish departamenti boshqarma boshlig‘i O.Azimov kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning amaliy samaralari haqida axborot berdilar.

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bank axborot xizmati


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari