Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish ATB “Qishloq qurilish bank” ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.

“Qishloq qurilish bank” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.

Bankning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirib, etakchi o‘ringa chiqish, boshqaruv va operatsion jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi namunaviy bank darajasiga chiqish, bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarga javob beradigan Informatsion texnologiyalar tizimini yaratish, namunaviy korporativ madaniyatni yaratish, mehnat samaradorligini oshirish, bankning yuqori bahoga ega brendini shakllantirish va mijozlarning bankka nisbatan yuqori xayrihohlik darajasiga erishish.

Rivojlantirish stretegiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni faollashtirish ko‘zda tutilmoqda:

sug‘urta va lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi shu’ba korxonalar tashkil etish;

mijozlarga xizmat ko‘rsatishda har tomonlanma qulay va muvofiq tuzilmani tashkil etish;

malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoani shakllantirish, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish;

bank–moliya sohasidagi yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan xolda, bankning kundalik ish faoliyatini takomillashtiruvchi texnologiyalarni muntazam ravishda amaliyotga joriy qilish;

  bank xatarlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularni boshqarish tizimini yaratish;

bank faoliyatini adekvat o‘sish tizimini yaratish;

   respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish va chakana xizmat kursatishni kengaytirish;

yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini kupaytirish;

zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish;

raqobatchilar faoliyatini atroflicha tahlil qilgan holda, muntazam o‘zgaruvchan foiz va tarif siyosatlarini amaliyotga joriy qilish;

chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish: amaldagi jismoniy shaxslarni kreditlash va omonatlarni jalb qilish dasturlarini mukammallashtirish;

plastik kartochkalar dasturini ommalashtirish (debet kredit kartochkalar, overdraft) va terminallar sonini oshirish, bankomatlar o‘rnatish;

bank  xizmatlari hajmini oshirish, moliya bozorida o‘sib borayotgan raqobatchilik sharoitida ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va mukammallashtirish;

xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish;

jahonning nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlari o‘rnatish;

bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish;

filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular faoliyatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni tadbiq etish, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish orqali filiallar faoliyatini optimallashtirish;

ichki audit tizimi faoliyatini kuchaytirish.

Bunda, bank aktivlari, kredit va investitsiya portfeli hamda boshqa ko‘rsatkichlarni baholashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda bank faoliyati samaradorligiga baho berish tizimini yanada takomillashtirish;

bank filiallariga yuqori malakali, bankning investitsion faoliyatini yanada faollashtirish va xizmat ko‘rsatish saviyasini yanada ko‘tarishga qodir bo‘lgan, tashabbuskor yosh xodimlarni jalb qilishni rag‘batlantirish;

xodimlarni xalqaro standartlar asosida bilimini oshirish, o‘qishi uchun sharoit yaratish.

Bankning strategik maqsadidan kelib chiqib, 2016-2022 yillarda bank likvidligi darajasini yanada mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, kreditor va aksiyadorlar mablag‘larini saqlash va ko‘paytirish, bank faoliyati bo‘yicha yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish masalalari rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. SHuningdek, quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratiladi:

xizmat ko‘rsatish sohasiga, birinchi navbatda, savdo sohasi korxonalariga, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga e’tiborni qaratish;

mijozlarga bank xizmati ko‘rsatishni soddalashtirish va ularni barcha bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kompleks ta’minlash;

bank amaliyot markazi ustunliklaridan to‘laqonli foydalanishga erishish va kartochkali biznesni rivojlantirish;

namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarida uy-joylarni qurilishini, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan pudrat tashkilotlari ehtiyojini kompleks moliyalashtirishni ta’minlash;

 qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurilishi hajmini va sifatini oshirib borish hamda Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksport Import banki va boshqa xalqaro moliya institutlari orqali kredit mablag‘larini jalb qilish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etish;

ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda bank mijozlariga taklif etilayotgan xizmatlar spektrini yanada kengaytirish va ularning sifatini oshirib borish, jumladan “Internet-banking” xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar safini yanada kengaytirish;

bank xizmatlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish orqali bankning korporativ va xususiy mijozlari sonini ko‘paytirish. Bunda, bank xizmatlarini iste’molchilarga etkazishni takomillashtirish, minibanklardan, bank-klient va boshqa shakllardan foydalanish;

            harajatlarni boshqarilishi uchun samarali tizimni yaratish;

moliyaviy xizmatlar bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bank infratuzilmalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini rivojlantirish(kengaytirish) va bank tizimida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.

 


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 15.08.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4194.00 4237.00 4154.36
1 EUR 4896.00 4905.00 4895.49
1 GBP 5402.00 5407.00 5401.09
10 JPY 380.00 381.00 379.19
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari