Rang sayt: A A A A

ATB «QISHLOQ QURILISH BANK»DA 2018-2019 YILLARDA SIFAT MENEJMENTI TIZIMLARINI JORIY QILISH SIYOSATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-1083-sonli qarori asosida «G‘allabank» negizida «Qishloq qurilish bank» tashkil etilib, respublika miqyosida uy-joy qurilishi, kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kreditlar berish va bank xizmatlari ko‘rsatish, tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlariga keng ko‘lamli kredit va lizing xizmatlari, qishloqda ob’ektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit ajratish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish kabi masalalar bankning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.

Bugungi kunda, xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan yillar davomida olib borilayotgan ishonchli hamkorlik natijasida, 2017 yilda «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga B1/B2/NP/E+ xalqaro reyting bahosi qayta tasdiqlandi va barcha reytinglar prognozi bo‘yicha «Barqaror» baho berilishiga muvaffaq bo‘lindi.

Bankimizning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarning talab va istiqbollarini qondirishni maksimal darajada ta’minlash uchun bank rahbariyati tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiq Sifat menejmenti tizimini (QMS) ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi.

ATB «Qishloq qurilish bank» rivojlanish strategiyasida o‘z oldiga quyidagi asosiy maqsadlarni qo‘yadi:

-Ø Bank axborot tizimini takomillashtiruvchi zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish;

Ø Respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish;

Ø yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini ko‘paytirish;

Ø zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish;

Ø chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish;

Ø kredit qo‘yilmalar miqdorini oshirish;

Ø namunaviy loyixalar asosida qurilayotgan uy joylarni moliyalashtirish

Ø jismoniy va yuridik shaxslardan depozitlar jalb qilish;

Ø bank plastik kartalar tizimini ommalashtirish (debet kredit kartalar, overdraft) va terminallar (shu jumladan virtual terminallar) sonini oshirish bankomatlar o‘rnatish;

Ø xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish;

Ø dunyoning yirik banklari bilan SWIFTRMA aloqalarini o‘rnatish;

Ø bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish;

Ø filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,

Ø bank xodimlarini malakasini oshirish.

ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi o‘z navbatida quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:

Ø bank mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga intiladi, har bir mijoz manfaatlarini himoya qiladi;

Ø bank ekologik zararli va ijtimoiy havfli ishlab chiqarishlar, loyiha va dasturlarni moliyalashtirmaydi;

Ø bank o‘z faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladi va ijtimoiy omilni iqtisodiy omil bilan bir qatorga qo‘yadi;

Ø bank konservatizm tamoyilidan me’yorida foydalangan holda, yangi amaliyotlar va yo‘nalishlarni rivojlantiradi;   

Ø bank o‘z xodimlarini qadrlaydi, xodimlarning o‘z malakalarini oshirib borishlari uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratib beradi va bank faxriylariga mehribonchilik qiladi.

Ø «Qishloq qurilish bank» strategik rivojlantirish, tarkibiy tuzilmalar, risklarni boshqarish, investitsiya siyosati kabi masalalarda markazlashgan boshqaruvni saqlagan holda, mintaqaviy filiallar va mijozlar bilan bevosita ishlayotgan filiallarning vakolatlarini kengaytiradi. Ijobiy moliyaviy natijalarga va belgilanganprognoz ko‘rsatkichlardan yuqori foyda ko‘rib ishlayotgan filiallar aktiv operatsiyalarni amalga oshirishda va tarif siyosatida boshqa filiallarga nisbatan ko‘proq vakolatlarga ega bo‘ladi;

Ø Banknig barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi halkaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari xamda iste’molchi tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarilishini ta’minlash, qo‘yilgan vazifalarni bajarishda kerak bo‘ladigan barcha resurslar bilan ta’minlash;

Ø O‘tkazilgan tadbirlar natijasiga ko‘ra bir yilda bir bor ushbu sifat yo‘nalishidagi siyosatni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sifat Boshqaruv tizimini yaxshilashga aloqador vazifalarni doimo bajarish.    

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 11.12.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8300.00 8360.00 8312.64
1 EUR 9000.00 9600.00 9456.46
1 GBP 10200.00 10700.00 10578.67
1 JPY 60.00 80.00 73.75
1 CHF 8200.00 8600.00 8394.06
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari