Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Tashkilotning chet el va xalqaro tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlari xaqida ma’lumot


Xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ATB “Qishloq qurilish bank”ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bankning vakillik munosabatlari, banklararo operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyatida ishonchli hamkorlari qatoriga Germaniyaning “Commerzbank AG” hamda Rossiyaning ATB “Promsvyazbank”, ATB “Russlavbank”, ATB “Aziya-Invest bank” va ATB “Novikombank” kiradi.

Bank mijozlarining xorijiy valyutadagi kredit resurslariga bo’lgan talablarini qondirish maqsadida bank tomonidan respublikamizda qishloq xo’jaligini rivojlantirish va modernizatsiyalashga yo’naltirilgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA – 10,5 mln. AQSh dollari), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB – 10,0 mln. AQSh dollari), Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi (XQXRJ – 2,5 mln. AQSh dollari)ning imtiyozli kredit liniyalaridan, kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qilishlari uchun Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK – 11,0 mln. AQSh dollari) va Commerzbank AG (10,0 mln. Evro/AQSh dollari) mablag’laridan keng foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni qo’llab-quvvatlash va iqlim o’zgarishi ta’sirini kamaytirishga yo’naltirilgan Global ekologiya fondi (GEF – 1,0 mln. AQSh dollari)ning grant mablag’lari ham jalb qilingan.

Bankning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan qishloq joylarda na’munaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB – 425,5 mln. AQSh dollari) , Islom taraqqiyot bank (ITB – 100,0 mln. AQSh dollari), Saudiya taraqqiyot jamg’armasi (STJ – 60,0 mln. AQSh dollari) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit liniyalari jalb qilingan. Bugungi kenga kelib mazkur davlat dasturi doirasida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish maqsadida bank tomonidan OTB va Xitoy Eksimbanki bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida bank tomonidan Western Union, MoneyGram, Zolotaya Korona, Asia Express va CONTACT tizimlari taklif qilib kelinmoqda. Shuningdek, Rossiyaning “Anelik RU” va Janubiy Koreyaning “Keb Hana” banklari bilan yangi pul o’tkazma tizimlarini yo’lga qo’yish bo’yicha ish tashkil qilingan.



ATB “Qishloq Qurilish Bank”ning vakillik tarmog’i :

 Bank

Valyuta

SWIFT kod

X/R

Commerzbank

EUR

COBADEFF

400886622000EUR

Azia-Invest bank

USD

ASIJRUMM

30111840800000000061

EURO

ASIJRUMM

30111978400000000061

JCB “Promsvyazbank”

USD

PRMSRUMM

30111840240000164901

EURO

PRMSRUMM

30111978840000164901

JCB “Russlavbank”

USD

RSLBRUMM

30111840900000000156

EURO

RSLBRUMM

30111978500000000156

Novikombank

USD

CNOVRUMM

30111840900000000385




Tashkilotning boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotlar


Bank o’z moliyaviy, ho’jalik faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi :

 O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi; 
 “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan sho’ba injiniring kompaniyasi; 
 “Qishloq qurilish loyiha” loyiha-qidiruv instituti; 
 O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat Targ’ibot markazi; 
 “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi; 
 “O’zagrosug’urta” Aktsiyadorlik jamiyati; 
 O’zbekiston matbuot va axborot agentligi; 
 “Ahbor-reyting” Reyting Agentligi; 
 O’zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi; 
Norma-hamkor mas’uliyati cheklangan jamiyati;

O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi;

Investitsiya loyihalari hujjatlarini tayy`orlashni moliyalashtirishda ko’maklashish fondi;

Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi;

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi;

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki;

Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish jamgarmasi;

Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi;

Osiyo taraqqiyot banki;

Islom taraqqiyot banki;

Saudiya taraqqiyot jamg’armasi;

Western Union;

MoneyGram;

Zolotaya Korona;

Aziya Ekspress;  

CONTACT;

Commerzbank AG;

“Aziya-Invest Bank” ;  

“Promsvyazbank” ;

“Russlavbank” ;

Novikombank ;

Yagona umumrespublika protsessing markazi;  

“EOPS Technology” ;

MCHJ ”Benif” ;

BGS – Asia;

PAYME™ (Inspired) ;

Click;

Fido - Biznes;

“Visa Inc” ;

Union PAY International;

MCHJ Texsistemaservis;

MCHJ Asia On-Line;

Shuningdek, ATB “Qishloq qurilish bank” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, bank IABS dasturiy kompleksini qo’llab-quvvatlash, yangi dasturiy ishlanmalarni joriy qilish buyicha MChJ “Fido-biznes” bilan, Eletron Hujjat Aylanish tizimini (EHA) joriy qilish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Baik Technologies” korhonasi bilan, internet tehnologiyalarini joriy qilish yuzasidan “WEB PRO” korhonasi bilan hamkorlik qiladi. IBM, Fujitsu-Siemens, EPSON, CANON  kompaniyalarining biznes hamkorlari orqali ozaro aloqalar olib borilmoqda. Bundan tashqari bankning avtomatlashgan axborot tizimi bilan quyidagi tashkilotlaning: 

-“Suv-Soz” DUKning;

-AJ “ O'zbekenergo”;

-AK “O’ztransgaz

avtomatlashgan tizimlari o’rtasida  o’zaro axborot almashinish tizimi yolga qo’yildi.  Bankning veb resurslariga xizmat ko’rsatish bo’yicha Uzinfocom tashkiloti bilan, bankning electron raqamli kalitlarini ro’yxatga olish bo’yicha UNICON tashkiloti bilan aloqalar o’rnatilgan.



05.01.2017 y.             16:35

Bank axborot xizmati



Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari