Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank tizimida Kadrlar siyosati

            Jamiyatimizdagi barcha sohada bosqichma - bosqich o‘tkazilayotgan islohatlar va o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati avvalambor kadrlar siyosati, mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, bosh ustuvor yo‘nalishlar va ularni yanada takomillashtirish bilan uzviy bog‘liqdir.

Kadrlarni boshqarish siyosati asosini uch omil tashkil etadi:

            -    ishga yosh istiqbolli va zarur hollarda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;

            -   tajribali xodimlarni professional rivojlanishiga va o‘z o‘rnini topishiga yordam beradigan shart-sharoit yaratish;

            -    boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish.

       Bankning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun munosib nomzodni tanlash, qayta tayyorlash, baho berish va rag‘batlantirish, boshqarish, ya'ni mazkur jarayonlarni tashkil etishning alohida usullari, tadbirlari, dasturlaridan foydalanish va ularni takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

            Strategik maqsad – O‘zbekistonni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning muhim tamoyillaridan biri bo‘lgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”dan kelib chiqib, mehnat bozori va ta’limiy kasbiy xizmatlar bozorining potensiali (salohiyati)ni, bankda kadrlarni boshqarishning samarali, ko‘p tarmoqli tizimini yaratishdir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad:

            - sifat jihatidan yangi, faol kadrlar potensialini shakllantirish hamda bank faoliyatining samarali ishlashini taminlashdir.

Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Lavozimlar namunaviy nomenklaturasiga” qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilib, kadrlar sifat tarkibi yanada mustahkamlanadi. Bunda, asosiy bo‘lim mutaxassislarini iqtisodiy sohada talab etilayotgan mutaxassisliklarga mos kelishi taminlanadi. Ushbu “Lavozimlar namunaviy nomenklaturasi” O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga asosan ishlab chiqilgan.

            Xodimlarni tanlash -  bu ishga kirish yuzasidan murojaat qilgan nomzodlar ichidan munosib deb hisoblanganlarini tanlab, ajratib olishdir. Kadr tanlashda uning tarjimai holiga, ma'lumotiga, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, unga berilgan tavsifnomaga va lozim bo‘lganda yana boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarga e’tibor beriladi

                       

ATB “Qishloq qurilish bank tizimiga ishga qabul qilish

            Ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Nizomiga asosan amalga oshiriladi.

            Ishga qabul qilishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1.   Pasport

2.   Mehnat daftarchasi (Agar fuqaro avval ishlamagan bo‘lsa, mahalladan ota-onasini qaramog‘ida bo‘lganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi)

3.   Yashash joyidan malumotnoma va tavsifnoma

4.   Oldingi ish joyi yoki o‘qish joyidan tavsifnoma

5.   Oldingi ish joyidan bo‘shaganligi haqidagi buyruq nusxasi (Mexnat faoliyatiga (stajiga) ega bo‘lgan taqdirda)

6.   Diplom

7.   Harbiy guvohnoma

8.   So‘rovnoma va tarjimai hol (o‘z dastxati bilan to‘ldiriladi)

9.   Davlat soliq inspeksiyasidan malumotnoma (INN)

10.  Malumotnoma avvalgi ish joyidan (Soliqlar bo‘yicha)

11.  Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (Mexnat faoliyatiga (stajiga) ega bo‘lgan taqdirda)

12.  Foto surat  6 dona (3x4 hajmda)

Qo‘shimcha malumot sifatida zaruriyat yuzasidan:

13.  Diplomning haqiqiyligi to‘g‘risida ma'lumotnoma (O‘quv yurtidan so‘rovnoma asosida)

14. Ichki ishlar boshqarmasidan (Fuqaro sudlangan yoki sudlanmaganligi to‘g‘risida) malumotnoma (bank tomonidan so‘rovnoma asosida olinadi)

15.   Kompyuter savodxonligi to‘g‘risidagi sertifikat

            Xodimning hududlari:

            1.   o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;

            2.    muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;

            3.     xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

            4.     kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

            5.  ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplanishini talab qilish;

            6.  kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

            7.   qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;

            8.   o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

            9.     jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.

            Xodimning majburiyatlari:

            1.    bank xodimlari o‘z mehnat faoliyati davomida ma’naviy va ahloqiy, na’munali hulqqa ega bo‘lishlari;

            2.  mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan  buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida, aniq va sifatli bajarish;

            3.    mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;

            4.    bankning mol-mulkidan foydalanganda va barcha turdagi moddiy boyliklarni saqlashda ularga vijdonan yondashish;

            5.    mehnat jamoasining a’zolari, bank mijozlari va ish jarayonida muloqotda bo‘ladigan boshqa shaxslar bilan hushfe'l munosabatda bo‘lishdan iborat.   

Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutloq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi.

Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari (O‘zR MK 72-moddasi)

Mehnat shartnomasi: xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.

Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar.

           Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin.

           Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.

Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh (O‘zR MK 77-moddasi)

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

            Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni qo‘yishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun - ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining  o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

                        Ishga qabul qilishda dastlabki sinov (O‘zR MK 84-moddasi)

Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:

            -   xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;

            - xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.

            Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

            Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 19.09.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8150.00 8077.48
1 EUR 9647.00 9656.00 9646.13
1 GBP 10980.00 10985.00 10979.72
1 JPY 73.00 74.00 72.68
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari