Rang sayt: A A A A


                                                                                    Funksiyalar

•    jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
•    yuridik va jismoniy shaxslardan depozit va omonatlarni jalb etish;
•    kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
•    chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
•    cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
•    uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
•    qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saq’lash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
•    moliyaviy lizing va faktoring xizmatlarini ko’rsatish;
•    jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlani berish;
•    litsenziyada ko’zda tutilgan va amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa bank operatsiyalari.


                                                                               Vazifalar

• Qishloq hududlardagi uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kredit berish va bank xizmati ko’rsatish;
• Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini qurish hamda ta'mirlashni tashkil etish uchun kredit berish va lizing xizmatlarini ko’rsatish;
• Yangi, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, qurishning industrial va yigma texnologiyalarini joriy etadigan korxonalarga kredit berish ;
• Qishloq qiyofasini yaxshilashni, muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borishni moliyalashtirish;
• Universal tijorat banki sifatida kompleks bank xizmatlarini ko’rsatish.


28.01.2017 y.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari