Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



ATB "QISHLOQ QURILISH BANK" MARKAZIY IDORASINING DEPARTAMENT, BOSHQARMA VA MUSTAQIL BO'LIMLARINING ASOSIY VAZIFALARI

Bank apparatining asosiy vazifalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va topshiriqlari ijrosi nazoratini olib borish, ijro intizomini ta'minlash, bank aksiyadorlari Umumiy yig'ilishi, bank Kengashi va Boshqaruvi qarorlari, ijro nazorati bilan bog'liq o'z qarorlarining belgilangan tartib va muddatlarda bajarilishini nazorat qilish.


Informatsion texnologiyalari departamentining asosiy vazifalari

Bankning funksional vazifalarini amalga oshirishi uchun zamonaviy informatsion texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish bo'yicha yagona texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ta'minlash.


Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasining asosiy vazifalari

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo'yicha belgilangan qoidalar asosida Bank tizimidagi boshqarmalar va ular tarkibidagi bo'linmalarda buxgalteriya hisobining to'g'ri tashkil etilishini ta'minlash.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek buxgalteriya ishlarini tashkil etish, kreditlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar hisobini yuritish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
O'z tizimida avtomatlashtirilgan hisob-kitob ishlarining zamonaviy vositalaridan keng foydalanish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bankning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda xizmat ko'rsatuvchi korxonalarga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish. Bank tizimida o'tkazilgan tekshiruvlarda, shuningdek, tashqi audit xulosasida buxgalteriya hisobiga doir aniqlangan tegishli kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlamaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida yo'l qo'yilmasligini ta'minlash.


G’aznachilik departamentining asosiy vazifalari

Bankning o’z va jalb etilgan mablag’larini minimal harajatlar bilan tavakkalchilikni hisobga olgan holda daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish; Bank kapitali va depozit bazasini shakllantirish, pul mablag’laridan oqilona va samarali tarzda foydalangan holda tez aylanishini ta’minlash, bankni moliyaviy bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, bankning umumiy likvidlilik holatini bir maromda saqlanishini ta’minlash, daromadni oshirish choralarini ko’rish.


Yuridik boshqarmaning vazifalari

Bank va uning tarkibiy bo’linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.


Kreditlash va informatsion faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining vazifalari

Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish, investitsiya jarayonlarida bankning ishtirokini yanada kengaytirish, eksportbop va import o’rnini bosuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan uzoq muddatli kreditlash faoliyatini bankda tashkil etish va nazorat qilish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jalb etilgan kredit liniyalari mablag’laridan o’z vaqtida va samarali foydalanishni tashkil etish.


Qishloq qurilishini kreditlash departamentining asosiy vazifalari

Uy-joylar qurilishini kreditlashga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va Hukumat tomonidan yuklatilgan topshiriqlar, Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishini aholi mablag’lari va maqsadli mablag’lar hisobidan moliyalashtirishni tashkil etish;
Bankda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtirish; Bank filiallari uchun maqsadli mablag’lar hisobidan imtiyozli ipoteka krediti ajratish va uy-joylar qurilishini moliyalashtirish faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan ichki me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
Qishloq joylarda uy-joylar qurilishini kreditlash bo’yicha joylarda samarali faoliyat yuritilishini ta’minlash.


Plastik kartochkalar bilan ishlash boshqarmasi

Bank kartalarining emissiyasini amalga oshirish, ularni saqlash va hisobini yuritish, ishlatilishi nazorat qilish, bank tomonidan terminallar, bankomatlar va infokiosklarni o’rnatish, va ular bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish, bank kartalari bilan bog’liq yangi xizmat turlarini joriy etib borish.


Omonatchilar va kreditorlarning mablag’larini monitoring qilish boshqarmasi

Bankning asosiy maqsadidan kelib chiqib, bank mijozlari bo’lgan omonatchilarga qulayliklar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha ish tashkil etadi.
Bank tomonidan jismoniy shaxslar bo’sh mablag’larini jalb qilinishini yanada yaxshilash, filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi va bank rahbariyatiga kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar ijrosi bankning barcha filiallarida bajarilishini nazorat qilib boradi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish borasida talab va taklifdan kelib chiqib, bank uchun har tomonlama manfaatli va mijozlar uchun jozibador bo’lgan yangi omonat turlari loyihalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etadi.
Bankning joylardagi filiallarida jamg’arma operatsiyalarining to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan dastlabki va keyingi nazoratni amalga oshiradi va ular bo’yicha bank rahbariyatiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bank tizimida naqd pulsiz to’lovlarga asoslangan zamonaviy uslublarni qo’llash va boshqa turli xildagi chakana xizmatlarni joriy etish bo’yicha yangi loyihalar ustida ishlar olib boradi.


Bosh amaliyotlar boshqarmasining asosiy vazifalari

Bankning buxgalteriya hisobi, kredit, investitsiya, foiz, dividend va depozit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib tegishli boshqarmalar bilan birgalikda bank aktivlarini samarali boshqarishni tashkil qiladi, bankning vakil banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatiladigan tashqi iqtisodiy alohalar jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, bank tomonidan chet el va milliy valyutadagi to’lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, bank va filiallaro hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat kiladi va ularni muvofiqlashtiradi, bankning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq moliyaviy amaliyotlarni amalga oshiradi, ichki hisob-kitob amaliyotlarini bajaradi va to’lovlarni amalga oshirishda bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qiladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Boshqarma balansidagi tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalarning saqlanishi, hisobi yuritilishini, shuningdek, belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan o’tkazilishini ta’minlaydi.


Pul muomalasi departamentining
asosiy vazifalari

Bank tizimida pul muomalasini yanada mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, naqd pul aylanishini tezlashtirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pul mablag’larining kelib tushishi va xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, pul-kredit munosabatlari va kassa amaliyotlarini tashkil etish va monitoring qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish, tartibga solish, iqtisodiy tahlil etish va ularning joylarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish. Bankdan tashqarida joylashgan infratuzilmalar (minibank, maxsus va sayyor kassalar) faoliyatini tashkillashtirish, rivojlantirish hamda ushbu yo’nalishda nazorat o’rnatish. Chakana xizmat turlarini amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish.


Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining
asosiy vazifalari

Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish.


Bank xavfsizligi boshqarmasining
asosiy vazifalari

Bank tizimida bank xavfsizligini ta’minlash va axborotlarni himoya qilish sohasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarni, bank ma’lumotlariga ruxsatsiz kirish hollarini bartaraf etishning oldini olish choralarini ko’rish. Texnik ta’minlanganlik, ichki ob’ektlarni qo’riqlash rejimi va kirish-chiqish tizimi holatini tekshirish.


Ichki nazorat boshqarmasi asosiy vazifalari

Bankda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasining asosiy vazifalari

Bankning kundalik faoliyati davomida, jumladan, operatsiyalarini o’tkazishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar, bank va uning filiallari moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish amaliyotlarini yaratish orqali bank faoliyatini samaradorligini oshirish, kredit portfeli holatini kuzatishlar, masofaviy monitoring orqali tavakkalchilik va xatarlarni baholash amaliyotlarini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Bankda, bank tavakkalchiliklarini baholash va me’yorlari qo’llanmasi bo’yicha o’rnatilgan parametrlarga rioya qilinish ahvolini tahlil va monitoring qilish, bank faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi kredit, foiz, likvidlilik, valyuta, narx(baho), kapitalni adekvatliligi kabi tavakkalchiliklar ustidan monitoring o’rnatish, bankning asosiy ko’rsatkichlarini bir-biriga monand tarzda o’sib borishini yo’lga qo’yish orqali risklarni boshqarish bo’yicha qo’yilgan talablarni bajarilishini ijro etadi.
Bank aktivlarini tahlil etish asosida muammoli aktivlar doirasini belgilash, ularning holatini chuqur tahlil qilish, muammoli aktivlar bilan ishlashning samarali uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.


Tashqi iqtisodiy faoliyat departamentining asosiy vazifalari

Iqtisodiyot sohalari, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo’jaliklariga eksport bazasini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki bozor talablarini qondirish va yangi texnologiyalardan foydalanish, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun chet el va milliy valyutadagi kreditlar ajratilishi mo’ljallangan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va moliyalashtirishni tashkil etish. Moliyalashtirilgan loyihalar ustidan esa monitoring o’rnatish.
Muzokaralar o’tkazish va yozishmalar orqali xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlar o’rnatish, bankka kredit limitini o’rnatish maqsadida bir qator tadbirlar o’tkazish va investitsion loyihalarni moliyalash uchun xalqaro va chet el moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish, Xalqaro moliya korxonalarining chet el valyutadagi kredit liniyalari bo’yicha kreditlash sxemasini ishlab chiqish, loyihani moliyalashtirish qatnashchilari - xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shartnomalarni ishlab chiqish va o’rganish.


Kapital qurilish bo’limining
asosiy vazifalari

Bank tomonidan o’z faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan binolarni ta’mirlash, yangi binolar qurilishini tashkil qilishni va binolarni sotib olish, ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil qilish. Binolarni qayta ta’mirlashda amalga oshiriladigan xarajatlarning haqiqiy va bozor qiymatini aniqlash, sifatini nazorat qilish, bank va Bosh pudratchi o’rtasidagi, Bosh pudratchi va boshqa yordamchi pudratchilar o’rtasidagi hisob-kitoblarning to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qilish va uni nazorat qilishdan iborat.


Strategik rivojlantirish boshqarmasining asosiy vazifalari

Bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va uzluksiz rivojlantirib borish uchun ilmiy amaliy izlanishlar olib borish, bank va uning filiallari faoliyati hisobotlari va tahliliy ma’lumotlari asosida yuzaga kelayotgan tendensiya va jarayonlarni tahlil qilish, marketing izlanishlar natijalari asosida ma’lum bir davrga bankning strategik rivojlantirish yo’nalishini ishlab chiqish, strategik rivojlanishning amalga oshirilishini ta’minlovchi joriy faoliyat rejalarini (biznes reja) ishlab chiqish, bankning umumiy strategiyasiga ta’sir etuvchi ichki siyosatlarining asosiy yo’nalishlarini belgilash, bankka ilg’or boshqaruv uslublari va zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish orqali bank faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish, Respublikaning strategik ahamiyatga ega bo’lgan hududlarida yangi filiallar, minibanklar, jamg’arma shoxobchalari, turli chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi bo’linmalarni tashkil etish orqali hududlardagi tarmoqlarni kengaytirish.


Ichki audit boshqarmasining asosiy vazifalari

Bank faoliyati ustidan to’liq nazorat o’rnatilishi uchun Bank Kengashiga zarur va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash. Bunda aktivlar harakati ustidan umumiy nazorat o’rnatilganligi, tashkiliy tuzilmalar samaradorligi va daromadliligi hamda nazorat tizimining faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan hisobotlarni shakllantirishdan iborat.


Valyuta ayirboshlash operatsiyalari maxsus boshqarmasining
asosiy vazifalari

Bankning konversion operatsiyalari bo’limlari va valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ish faoliyatini tashkil etish hamda takomillashtirish.


S.W.I.F.T. bo’limining asosiy vazifalari

Bo’limning asosiy vazifasi Bank mijozlarining to’lov topshiriqnomalari, cheklari, moliyaviy institutlar jo’natmalari, valyuta ayirboshlash, kassa xatlari, akkreditivlar bo’yicha hujjatlar, tizim va xizmat axborotlari hamda boshqa mavjud formatlar bo’yicha hujjatlarni belgilangan tartibda axborot xavfsizligini ta’minlagan holda SVIFT dasturiy va texnik vositalari orqali jo’natish, shuningdek, qabul qilib olishdan iborat.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 19.09.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8150.00 8077.48
1 EUR 9647.00 9656.00 9646.13
1 GBP 10980.00 10985.00 10979.72
1 JPY 73.00 74.00 72.68
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari