Rang sayt: A A A A

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” Rahbariyati

Boshqaruv raisi

Mullaxanov Boxodirbek Mullaxonovich

150-76-50

cheif@qqb.uz

Vazifalari : Bank ishiga umumiy rahbarlik qiladi, Bank Boshqaruvi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, Xodimlar bilan ishlash, Bank xavfsizligi, Yuridik, Ichki nazorat, boshqarmalari Birinchi bolim SWIFT bolimi, Mehnat muhofazasi sho‘’basi ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.

Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari

Eshonqulov Akbar Burxonovich

150-76-70

a.eshonkulov@qqb.uz

Vazifalari : Qishloq qurilishni kreditlash Departamenti, Kapital qurilish, Muxandislik nazorati bo‘limlari, ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Muratov Alisher Akmalovich

150-76-95

a.muratov@qqb.uz

Vazifalari : Bank apparati, G‘aznachilik, Kreditlash va investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish, Informatsion texnologiyalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Departamentlariga, Buxgalteriya hisobi va hisoboti, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmalari ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Abduraxmonov Gofurjon Gulamjanovich  

150-76-56

g.abdurahmonov@qqb.uz 

Vazifalari : Bosh Amaliyotlar boshqarma ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Gafurov Farxod Mirzarasulovich

150-76-68

f.gafurov@qqb.uz

Vazifalari : Chakana xizmatlarni rivojlantirish departamenti, Omonatchilar va kreditorlarning mablag‘larini monitoring qilish, Bank kartalari biznesini rivojlantirish, Strategik rivojlantirish, , O‘quv-uslubiy boshqarma ishlariga bevosita rahbarlik qiladi.

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” tarkibiy bo’linmalari

Izoh: Bankning barcha tarkibiy bo`linmalari 
100060, Toshkent shahar A.Navoiy ko'chasi, 18A - uy

manzilida joylashgan 

1.

MEHNAT MUHOFAZASI SHO’BASI

Sho’ba mutahassisi : Xvan Albina Vasilyevna

Telefon : 150-77-41

E-mail : headoffice@qqb.uz

Sho’baning vazifalari : Hodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi me’yor talablarini buzgan shaxslarga chora ko’rish to’grisida bank rahbariyatiga takliflar kiritadi. Kasaba uyushmasi va manfaatdor bo’linmalar bilan birgalikda bank va uning filiallaridagi mehnat sharoiti zararli va xavfli ish o’rinlarini aniqlaydi, ular ro’yhatini yangilab boradi.

2.

SWIFT BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i : Satimov Aziz Aminovich

Telefon : 150-76-43

E-mail : aziz@qqb.uz

Bo’limning vazifalari : Bo’limning asosiy vazifasi Bank mijozlarining to’lov topshiriqnomalari, cheklari, moliyaviy institutlar jo’natmalari, valyuta ayirboshlash, kassa xatlari, akkreditivlar bo’yicha hujjatlar, tizim va xizmat axborotlari hamda boshqa mavjud formatlar bo’yicha hujjatlarni belgilangan tartibda axborot xavfsizligini ta’minlagan holda SVIFT dasturiy va texnik vositalari orqali jo’natish, shuningdek, qabul qilib olishdan iborat.

3.

ICHKI AUDIT BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i : Qodirov Avazbek Abdusalomovich

 Telefon : 150-76-98

E-mail : audit@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bank faoliyati ustidan to’liq nazorat o’rnatilishi uchun bank Kengashiga zarur va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash. Bunda aktivlar harakati ustidan umumiy nazorat o’rnatilganligi, tashkiliy tuzilmalar samaradorligi va daromadliligi hamda nazorat tizimining faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan hisobotlarni shakllantirishdan iborat.

4.

BANK APPARATI

Bank apparati boshlig’i : Yuldashev Farhod Xudoyberdiyevich

Telefon : 150-76-37

E-mail : apparat@qqb.uz

Bank apparati vazifalari : O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va topshiriqlari ijrosi nazoratini olib borish, ijro intizomini ta'minlash, bank aksiyadorlari Umumiy yig'ilishi, bank Kengashi va Boshqaruvi qarorlari, ijro nazorati bilan bog'liq o'z qarorlarining belgilangan tartib va muddatlarda bajarilishini nazorat qilish.

5.

O’QUV-USLUBIY BOSHQARMA

O’quv markazi boshlig’i :Navruzov Shokir Xudoyberdiyevich

 Telefon : 150-76-91

E-mail :headoffice@qqb.uz

Oq’uv markazi vazifalari : Bankning har bir xodimi kasbiy bilimi va malakasini hamda tayorgarlik darajasini, ularning egallab turgan lavozimlariga bo’lgan talablarga muvofiqlashtirish, bilimlarini uzluksiz oshirish, ko’rsatilayotgan ustuvor bank xizmatlari doirasini kengaytirish, amalyotga joriy etilayotgan yangi bank mahsulotlari yuzasidan mutaxassislar tayorgarligini kuchaytirish, xalqaro bank amaliyoti tajribasini o’rtagish orqali ularni mahalliy bank tizimiga joriy etish maqsadida o’quv kurslari tashkil qilish va xodimlarni qayta tayyorlash.

6.

CHAKANA XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Atajanov Azamat Yo’ldashevich

Telefon : 150-76-54

E-mail : dengi@qqb.uz

Departament vazifalari : Bank tizimida pul muomalasini yanada mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, naqd pul aylanishini tezlashtirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pul mablag’larining kelib tushishi va xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, pul-kredit munosabatlari va kassa amaliyotlarini tashkil etish va monitoring qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish, tartibga solish, iqtisodiy tahlil etish va ularning joylarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish. Bankdan tashqarida joylashgan infratuzilmalar (minibank, maxsus va sayyor kassalar) faoliyatini tashkillashtirish, rivojlantirish hamda ushbu yo’nalishda nazorat o’rnatish. Chakana xizmat turlarini amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish.

7.

INVESTISIYA FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA LOYIHALARNI BOSHQARISH MARKAZI (departament maqomida)

Boshqarma boshlig’i : Dakibayev Baxodir Abduvaitovich

Telefon : 150-76-60

E-mail : headoffice@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Investitsiya jarayonlarida bankning ishtirokini yanada kengaytirish, eksportbop va import o’rnini bosuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan uzoq muddatli kreditlash faoliyatini bankda tashkil etish va nazorat qilish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jalb etilgan kredit liniyalari mablag’laridan o’z vaqtida va samarali foydalanishni tashkil etish.

     8.

BANK AXBOROT MARKAZI (Boshqarma maqomida)

Boshqarma boshlig’i : Oripov Shuxratjon Orip o’g’li

Telefon : 150-45-34

E-mail : oripov@qqb.uz

Boshqarmaning vazifalari : Bank faoliyatini haqqoniy va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Bank va uning hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, xalqaro konferentsiyalar, forumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalarda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlashni tashkil etadi.

9.

G’AZNACHILIK DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Sharipov Oblayor Muxamadiyevich

 Telefon : 150-76-90

E-mail : qqb@qqb.uz

Departament vazifalari : Bankning o’z va jalb etilgan mablag’larini minimal harajatlar bilan tavakkalchilikni hisobga olgan holda daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish; Bank kapitali va depozit bazasini shakllantirish, pul mablag’laridan oqilona va samarali tarzda foydalangan holda tez aylanishini ta’minlash, bankni moliyaviy bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, bankning umumiy likvidlilik holatini bir maromda saqlanishini ta’minlash, daromadni oshirish choralarini ko’rish.

10.

KREDITLASH DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Eshnazarov Farrux Farxodovich

Telefon : 150-76-45

E-mail : kredit@qqb.uz

Departament vazifalari : Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish, 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Axmadjonov Aslitdin Naviyevich

Telefon : 150-76-34

E-mail : aslitdin@qqb.uz

Departament vazifalari : Bankning funksional vazifalarini amalga oshirishi uchun zamonaviy informatsion texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish bo'yicha yagona texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ta'minlash.

12.

QISHLOQ QURILISHINI KREDITLASH DEPARTAMENTI

Departament boshlig’I : Djurayeva Zulayha Rasulovna

Telefon : 150-76-72

E-mail : z.juraeva@qqb.uz

Departament vazifalari : Uy-joylar qurilishini kreditlashga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va Hukumat tomonidan yuklatilgan topshiriqlar, Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishini aholi mablag’lari va maqsadli mablag’lar hisobidan moliyalashtirishni tashkil etish; Bankda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtirish; Bank filiallari uchun maqsadli mablag’lar hisobidan imtiyozli ipoteka krediti ajratish va uy-joylar qurilishini moliyalashtirish faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan ichki me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish; Qishloq joylarda uy-joylar qurilishini kreditlash bo’yicha joylarda samarali faoliyat yuritilishini ta’minlash.

13.

MUAMMOLI AKTIVLAR BILAN ISHLASH DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Ashurov Asror Raxmatullayevich

Telefon : 150-72-66

E-mail : headoffice@qqb.uz

Departament vazifalari : “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishi uchun bankdan ajratilgan imtiyozli ipoteka kreditlarining filiallar tomonidan doimiy monitoringini olib borilishini ta’minlash. Bankdan mijozlarga uy-joylar qurilishiga imtiyozli ipoteka krediti ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amalagi me’yoriy hujjatlarga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan imtiyozli ipoteka kredit portfelini shakllantirish.

14.

RISK MENEJMENT BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i :Tashmatova Nazira Rashidovna

Telefon : 150-76-65

E-mail : headoffice@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bankning kundalik faoliyati davomida, jumladan, operatsiyalarini o’tkazishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar, bank va uning filiallari moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish amaliyotlarini yaratish orqali bank faoliyatini samaradorligini oshirish, kredit portfeli holatini kuzatishlar, masofaviy monitoring orqali tavakkalchilik va xatarlarni baholash amaliyotlarini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi. Bankda, bank tavakkalchiliklarini baholash va me’yorlari qo’llanmasi bo’yicha o’rnatilgan parametrlarga rioya qilinish ahvolini tahlil va monitoring qilish, bank faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi kredit, foiz, likvidlilik, valyuta, narx(baho), kapitalni adekvatliligi kabi tavakkalchiliklar ustidan monitoring o’rnatish, bankning asosiy ko’rsatkichlarini bir-biriga monand tarzda o’sib borishini yo’lga qo’yish orqali risklarni boshqarish bo’yicha qo’yilgan talablarni bajarilishini ijro etadi. Bank aktivlarini tahlil etish asosida muammoli aktivlar doirasini belgilash, ularning holatini chuqur tahlil qilish, muammoli aktivlar bilan ishlashning samarali uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

15.

BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY NAZORAT DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Nurmatov Muzaffar Do’stmamatovich

Telefon : 150-76-80

E-mail : buhgalter@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo'yicha belgilangan qoidalar asosida Bank tizimidagi boshqarmalar va ular tarkibidagi bo'linmalarda buxgalteriya hisobining to'g'ri tashkil etilishini ta'minlash. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek buxgalteriya ishlarini tashkil etish, kreditlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar hisobini yuritish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. O'z tizimida avtomatlashtirilgan hisob-kitob ishlarining zamonaviy vositalaridan keng foydalanish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bankning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda xizmat ko'rsatuvchi korxonalarga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish. Bank tizimida o'tkazilgan tekshiruvlarda, shuningdek, tashqi audit xulosasida buxgalteriya hisobiga doir aniqlangan tegishli kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlamaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida yo'l qo'yilmasligini ta'minlash.

16.

STRATEGIK RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i : Abduraxmonov Oybek Maxsudovich

Telefon : 150-76-75

E-mail : headoffice@qqb.uz

Bosharma vazifalari : Bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va uzluksiz rivojlantirib borish uchun ilmiy amaliy izlanishlar olib borish, bank va uning filiallari faoliyati hisobotlari va tahliliy ma’lumotlari asosida yuzaga kelayotgan tendensiya va jarayonlarni tahlil qilish, marketing izlanishlar natijalari asosida ma’lum bir davrga bankning strategik rivojlantirish yo’nalishini ishlab chiqish, strategik rivojlanishning amalga oshirilishini ta’minlovchi joriy faoliyat rejalarini (biznes reja) ishlab chiqish, bankning umumiy strategiyasiga ta’sir etuvchi ichki siyosatlarining asosiy yo’nalishlarini belgilash, bankka ilg’or boshqaruv uslublari va zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish orqali bank faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish, Respublikaning strategik ahamiyatga ega bo’lgan hududlarida yangi filiallar, minibanklar, jamg’arma shoxobchalari, turli chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi bo’linmalarni tashkil etish orqali hududlardagi tarmoqlarni kengaytirish.

17.

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT DEPARTAMENTI

Departament boshlig’i : Sharipov Baxtiyor Djumaniyazovich

Telefon : 150-76-58

E-mail: b.sharipov@qqb.uz

Departament vazifalari : Iqtisodiyot sohalari, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo’jaliklariga eksport bazasini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki bozor talablarini qondirish va yangi texnologiyalardan foydalanish, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun chet el va milliy valyutadagi kreditlar ajratilishi mo’ljallangan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va moliyalashtirishni tashkil etish. Moliyalashtirilgan loyihalar ustidan esa monitoring o’rnatish. Muzokaralar o’tkazish va yozishmalar orqali xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlar o’rnatish, bankka kredit limitini o’rnatish maqsadida bir qator tadbirlar o’tkazish va investitsion loyihalarni moliyalash uchun xalqaro va chet el moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish, Xalqaro moliya korxonalarining chet el valyutadagi kredit liniyalari bo’yicha kreditlash sxemasini ishlab chiqish, loyihani moliyalashtirish qatnashchilari - xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shartnomalarni ishlab chiqish va o’rganish.

18.

BANK KARTALARI BIZNESINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i : Alimov Javoxir Toxirovich

Telefon : 150-76-47

E-mail : headoffice@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bank kartalarining emissiyasini amalga oshirish, ularni saqlash va hisobini yuritish, ishlatilishi nazorat qilish, bank tomonidan terminallar, bankomatlar va infokiosklarni o’rnatish, va ular bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish, bank kartalari bilan bog’liq yangi xizmat turlarini joriy etib borish.

19.

BANK XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI

Bo’lim boshlig’I : Adilov Sur’at Sunnatovich

 Telefon : 150-76-85

E-mail : headoffice@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bank tizimida bank xavfsizligini ta’minlash va axborotlarni himoya qilish sohasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarni, bank ma’lumotlariga ruxsatsiz kirish hollarini bartaraf etishning oldini olish choralarini ko’rish. Texnik ta’minlanganlik, ichki ob’ektlarni qo’riqlash rejimi va kirish-chiqish tizimi holatini tekshirish.

20.

KADRLAR DEPARTAMENTI

Boshqarma boshlig’i : Mirzamurodov Ibragim Axmedovich

Telefon : 150-76-82

E-mail : i.mirzamurodov@qqb.uz

Boshqarma boshlig’i : Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish.

21.

YURIDIK DEPARTAMENT

Departament boshlig’i : Atabayev Erkin Mirzaevich

Telefon : 150-76-73

E-mail : yurist@qqb.uz

Departament vazifalari : Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.

22.

ICHKI NAZORAT BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i : Tashkulov Aktam Djuraboyevich

Telefon : 150-76-97

E-mail : aktam@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bankda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

23.

BANK XIZMATLARI ISTE’MOLCHILARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘LIMI

Bo'lim boshlig'i : Mashkurov Kamal Toychivoyevich

Telefon : 150-72-63

E-mail : headoffice@qqb.uz

Bo’lim vazifalari : bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga,bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga; moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

24.

KAPITAL QURILISH BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i : Kadirov Shokir Xazratkulovich

Telefon : 150-76-93

E-mail : kq@qqb.uz

Bo’lim vazifalari : Bank tomonidan o’z faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan binolarni ta’mirlash, yangi binolar qurilishini tashkil qilishni va binolarni sotib olish, ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil qilish. Binolarni qayta ta’mirlashda amalga oshiriladigan xarajatlarning haqiqiy va bozor qiymatini aniqlash, sifatini nazorat qilish, bank va Bosh pudratchi o’rtasidagi, Bosh pudratchi va boshqa yordamchi pudratchilar o’rtasidagi hisob-kitoblarning to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qilish va uni nazorat qilishdan iborat.

25.

MUXANDISLIK NAZORATI BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i : Allambergenov Sharafiddin Yuldashovich

Telefon : 150-77-41

E-mail : headoffice@qqb.uz

Bo’lim vazifalari : Bank buyurtmasi asosida va bank tomonidan moliyalashtirilayotgan va kreditlanayotgan ob’ektlar, shu jumladan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy bo’yicha bajarilgan qurilish ishlarining nazorat o’lchovlarini amalga oshirish.

26.

BOSH AMALYOTLAR BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig’i : Vahabov Azizjon Valijanovich

Telefon : 150-76-79

E-mail : a.vahobov@qqb.uz

Boshqarma vazifalari : Bankning buxgalteriya hisobi, kredit, investitsiya, foiz, dividend va depozit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib tegishli boshqarmalar bilan birgalikda bank aktivlarini samarali boshqarishni tashkil qiladi, bankning vakil banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatiladigan tashqi iqtisodiy alohalar jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, bank tomonidan chet el va milliy valyutadagi to’lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, bank va filiallaro hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat kiladi va ularni muvofiqlashtiradi, bankning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq moliyaviy amaliyotlarni amalga oshiradi, ichki hisob-kitob amaliyotlarini bajaradi va to’lovlarni amalga oshirishda bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qiladi.

 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 19.11.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 480,00 9 530,00 9 500.96
1 EUR 10 200,00 10 900,00 10 498.56
1 GBP 11 800,00 12 800,00 12 255.29
1 JPY 70,00 95,00 87.38
1 CHF 9 000,00 10 000,00 9 599.84
1 RUB 110,00 155,00 149.01
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari